Jamiyat
Muhokamalar portaliga “Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qoʻshma qaror loyihasi joylashtirildi.
Loyihaga koʻra, 2018-yil 29-dekabrdagi qarorga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilishi rejalashtirilgan.
Jumladan, akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlarda quyidagi shtat birliklar qisqartirilishi mumkin:
◻️ direktorning moliya-iqtisod ishlari boʻyicha oʻrinbosari;
◻️ yuriskonsult;
◻️ yoshlar yetakchisi;
◻️ hamshira;
◻️ laborant;
◻️ ustaxona mudiri.
Loyiha bilan tasdiqlanadigan mazkur shtat birliklarini 2024-yil 1-sentyabrdan joriy etish taklif etilmoqda.
Hujjat muhokamasi joriy yilning 11-iyunigacha davom etadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q