Endi taʼlim kreditlari faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiydigan talabalarga beriladi

Saqlash
15:54 / 28.05.2024 821 0

Prezident Farmoniga koʻra, oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim krediti 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratiladi.

 

Bunda kredit miqdori oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorida beriladi.

 

Taʼkidlash lozim, oliy taʼlim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda, taʼlim krediti toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi.

 

Biroq bundan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari mustasno.

 

Bu turdagi muddatli qarz quyidagilar beriladi:

◻️ OTM talabalariga yaʼni, taʼlim krediti oluvchi tomonning talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlari kontrakt.edu.uz va “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) kabi axborot tizimlarida mavjud boʻlgan taqdirdagina;

◻️ professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarigayaʼni, taʼlim krediti oluvchi tomonning oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlari prof.edu.uz axborot tizimida mavjud boʻlganda taqdirdagina.

 

Maʼlumot oʻrnida, 2024/2025-oʻquv yili boshlangungacha taʼlim krediti olish uchun arizalarni “Taʼlim krediti” axborot tizimi (taʼlim-krediti.mf.uz) va YAIDXP (my.gov.uz) orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//