Haj safariga boruvchilar MIB tomonidan ogohlantirilmoqda

Saqlash
14:35 / 28.05.2024 894 0

MIB Haj ziyoratiga boruvchilarni ogoh boʻlishga chaqirmoqda.

 

Maʼlum boʻlishicha, avvalgi ibodat mavsumi davrida ayrim fuqarolarimiz tomonidan sud va boshqa organ hujjatlariga muvofiq belgilangan qarzdorlikning oʻz vaqtida toʻlanmaganligi aniqlangan. Natijada, ularning respublikamiz hududidan chiqish huquqi cheklangan, shuningdek, ortiqcha ovoragarchiliklar yuzaga kelgan.

 

“Fuqarolarimiz safar oldidan mib.uz rasmiy saytining “Respublikadan chiqishga cheklov” sahifasi yoki MIB.UZ mobil ilovasi ( Play Market'dan yuklab olish mumkin) orqali oʻzlariga nisbatan cheklov bor-yoʻqligi haqida maʼlumot olish imkoniyati mavjud”, deyiladi xabarda.

 

Maʼlumot oʻrnida, mazkur sahifalardagi “Qarzdorlikni tekshirish” va “Respublikadan chiqishga cheklov” ruknlari orqali fuqarolar bir zumda oʻziga nisbatan qarzdorlik tufayli taqiq bor yoki yoʻqligini bilib olishi hamda qarzdorlikni elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshirishi mumkin.

 

“Eʼtiborli boʻling va yaratilgan imkoniyatdan unumli foydalaning. Biz haj safaringiz, koʻngildagidek va xotirjam boʻlishi tarafdorimiz”, deyiladi xabar soʻngida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//