Jamiyat
2024-yil 1-iyundan 1-avgustgacha bir kub metr metan gazning eng baland narxi 3750 soʻm qilib belgilanmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, 2024-yil 25-may kuni Vazirlar Mahkamasining metan gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddatini uzaytirish koʻzda tutilgan qarori qabul qilingan.
Unga koʻra, avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda 2023-yil 15-sentyabrdagi 475-sonli qaror 7-bandiga asosan kiritilgan uning eng baland chakana narxi bir kub metr uchun 3750 soʻm qilib belgilanmoqda. Mazkur narx 2024-yilning 1-avgustigacha amalda boʻladi.
Maʼlumot uchun, eng baland chakana narx uchun belgilangan oxirgi muddat 1-iyun edi va mazkur sanadan boshlab bir kub metan narxi koʻtarilish ehtimoli bor edi. Ammo yakuniga yetishi kerak boʻlgan muddat yana ikki oy davomida ayrim oʻzgartishlar bilan uzaytiriladi.
Taʼkidlash lozim, avvalgi narx 2024-yil 1-aprelgacha etib belgilangan boʻlib, bunda bir kub metr metan 3250 soʻm edi. Keyinchalik mazkur muddat 1-iyungacha uzaytirilib, bir kub metan narxi 3350 soʻm etib belgilangan edi, yaʼni eski narxning ustiga 100 soʻm qoʻshilgan edi.
Endilikda oxirgi belgilangan chakana narx ustiga 400 soʻm qoʻshilgan holda yana 1-avgustgacha amal qiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q