Oʻz ahamiyatini yoʻqotib boradigan kasblar roʻyxati shakllantiriladi

Saqlash
17:38 / 27.05.2024 1192 0

Masʼul tashkilotlar 2024-yil yakuniga qadar mehnat bozorida kutilayotgan oʻzgarishlarni ilmiy tadqiq qiladi va oʻz ahamiyatini yoʻqotib boradigan hamda yangi paydo boʻladigan kasblar (lavozimlar) roʻyxati, ularga qoʻyiladigan malaka talablari va kompetensiyalarni shakllantiradi.

 

2025-yil 1-mayga qadar jamlangan maʼlumotlar asosida esa “Oʻzbekiston yangi kasblar atlasi” elektron platformasi yaratiladi.

 

Shundan soʻng, mazkur roʻyxat har yili yangilab boriladi.

 

Ushbu bandni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiradi.

 

Maʼlumot oʻrnida, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Savdo-sanoat palatasi va ish beruvchilar uyushmalari amaliyot uchun masʼul tashkilotlar hisoblanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//