Jamiyat
Prezident Farmoni bilan yuridik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirilishi belgilandi.
Jumladan, endi maktablarda “Huquq sinfi” va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitiladi. Bu orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab – litsey – texnikum – universitet” tizimini joriy etiladi.
Shuningdek, Namangan va Samarqand viloyatlari yuridik texnikumlari negizida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylarini tashkil qilinadi. Mazkur taʼlim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilari esa “yurisprudensiya” yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalariga suhbat asosida test sinovlarisiz qabul qilinadi.
Bundan tashqari, endilikda Adliya vazirligi huzurida Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish taʼsirini baholash instituti tashkil etilishi ham Farmonda koʻrsatib oʻtilgan.
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112430
Jamiyat
95090
Jamiyat
91309
Jamiyat
76008
Jamiyat
//
Izoh yo‘q