Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Tursunxon” nomi bilan tanilgan instablogerning samosud qilingan videotasviri tarqaldi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, voqea 15-may kuni Samarqand shahrida sodir boʻlgan.
Oʻsha kuni Oqdaryo tumanida yashovchi A.T. (Tursunxon) Samarqand shahrida ikki nafar shaxs bilan tanishib, ulardan ish topib berishda yordam soʻragan.
Ushbu fuqarolardan biri oʻzi ishlayotgan reklama agentligida ishchi oʻrni borligini aytganida, A.T. ushbu ishga rozi boʻlib, ulardan biridan yoʻl kiraga pul olib, uyiga ketib, ertalab aytilgan joyga ishga kelmagan.
Natijada ularning oʻrtasida oʻzaro kelishmovchilik yuz bergan.
Shundan soʻng, ikki nafar fuqaro A.T. bilan uchrashib, uni haqorat qilib, buni tasvirga olgan.
Maʼlumot oʻrnida, ushbu fuqarolarning shaxsi haqida maʼlumot berilmagan.
“Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar boʻyicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi Samarqand viloyati IIB matbuot kotibi xabarida.
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q