Odam savdosida ayblanayotgan shaxs Turkiyada qoʻlga olindi

Saqlash
17:03 / 24.05.2024 1673 0

Maʼlum boʻlishicha, Turkiya va Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida joriy yilning 6-may kuni firibgarlik va odam savdosi jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda boʻlgan Ozod Rahimov Saʼdullayevich (1979-yilda tugʻilgan) Istanbul shahrida qoʻlga olingan.

 

Xabarda ayblanuvchi bugun, 24-may kuni Istanbul shahridagi Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasiga deportatsiya qilingani yoziladi.

 

Shuningdek, Bosh konsulxona mazkur shaxs tomonidan jabr tortganlarni konsulxonaning oʻziga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilishini soʻraydi.

 

“Jinoiy javobgarlikdan qochib, xorijiy davlatlarda, shu jumladan, Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy taʼqib izchil ravishda davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qatʼiy taʼminlanadi”, deyiladi xabarda.

 

Bundan tashqari, tashkilot AQSh, Kanada yoki Yevropa davlatlariga borish uchun viza rasmiylashtirib berish vaji bilan firibgarlik sodir etilish holatlari boʻyicha kelib tushayotgan murojaatlarning soni ortganini maʼlum qilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//