Jamiyat
Jumladan, Sirdaryo viloyatining Xovos tumani hokimi oʻrinbosari oʻz xizmat mavqeyidan foydalanib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va eksport qilish bilan shugʻullanuvchi MCHJga tegishli yerlarni hokimlik zaxirasiga olmaslik, aksincha, sugʻorish ishlariga sharoit yaratib berish va faoliyatiga hech kim aralashmasligi evaziga 20 ming AQSh dollari talab qilib, 1 ming AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent viloyat filialining boʻlim boshligʻi va muhandisi ham oʻzaro til biriktirib, Qibray tumanidagi qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonani 3 fazali elektr tarmogʻiga ulash va transformator oʻrnatib berish, shuningdek, boshqa texnik hujjatlarini tayyorlashda koʻmaklashish evaziga 39 ming AQSh dollari miqdorida pora talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent viloyat filiali muhandisi soʻralgan pul mablagʻidan 30 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani IIB jinoyat qidiruv boʻlinmasi katta tezkor xodimi xizmat mavqeyidan foydalanib, oʻzining ish yurituvida boʻlgan tergovga qadar tekshiruv materiali yuzasidan yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish evaziga, tamagirlik yoʻli bilan undan 1500 AQSh dollari miqdorida pora talab qilgan va avvalroq ushbu pul mablagʻi hisobidan 400 AQSh dollari olgan. U talab qilingan puldan yana 400 AQSh dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.
Shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Sergeli tumani IIO FMB 2-sonli ichki ishlar boʻlimi profilaktika inspektori 5 ming AQSh dollarini pora sifatida olgan vaqtida ushlangan.
Aniqlanishicha, u ushbu pul mablagʻi evaziga, oʻzaro janjal oqibatida xorijiy fuqaroga tan jarohati yetkazgani boʻyicha mahalliy fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatmasdan, holatni maʼmuriy huquqbuzarlik sifatida malakalashni vaʼda qilgan.
Maʼlumot uchun, hozirda pora olgan mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q