Iqtisodiyot sohasida oʻqimaydigan talabalarga ham “Moliyaviy savodxonlik asoslari” oʻrgatiladi

Saqlash
15:20 / 23.05.2024 854 0

Noiqtisodiy taʼlim yoʻnalishidagi oliy oʻquv yurtlarida “Moliyaviy savodxonlik asoslari” oʻqitilishi boshlanadi, deya maʼlum qildi Markaziy bank.

 

Xabarga koʻra, “Moliyaviy savodxonlik asoslari” oʻquv qoʻllanmasini noiqtisodiy yoʻnalishda tahsil oluvchi talabalarga oʻqitish maqsadida respublika boʻyicha 37 ta oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.

 

Hamkorlik doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tavsiyasi bilan 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab qoʻllanma oliy taʼlim muassasalarining oʻquv jarayoniga kiritiladi.

 

Aniqlik kiritilishicha, hududlarda mazkur fanni oʻqitishga masʼul boʻlgan 81 nafar professor-oʻqituvchilar uchun Markaziy bank tomonidan onlayn va oflayn treninglar oʻtkazilgan.

 

Loyihani amalga oshirish va oʻqitish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan savollar boʻyicha Markaziy bankning doimiy ekspert koʻmagi koʻrsatilishi belgilab olingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//