Jamiyat
Bugun tongda “Haj-2024”ning ilk ziyoratchilari Madinaga joʻnab ketdi.
22-maydan 23-mayga oʻtar kechasi mahalliy vaqt bilan soat 01:40 da “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining ilk reysi Toshkentdan Madinaga (Saudiya Arabistoni) 240 nafar ziyoratchini olib ketadi va shu orqali 2024-yilgi Haj mavsumini ochadi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports.
Bu yilgi haj mavsumida aviakompaniya Oʻzbekistonning 10 ta shahridan Madinaga parvozlarni amalga oshiradi.
Hududlar kesimida poytaxt Toshkentdan eng koʻp, 5830 nafar ziyoratchi Haj safariga borishadi.
Hududlar boʻyicha parvozlarning soni quyidagicha:
◻️ Toshkent shahar – 24 ta reys;
◻️ Namangan viloyati – 14 ta reys;
◻️ Fargʻona viloyati 6 ta,
◻️ Samarqand viloyati – 4 ta,
◻️ Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari – 3 tadan reys;
◻️ Urganch va Navoiydan 2 tadan reys;
◻️ Nukus shahri – 1 ta reys.
Maʼlumot uchun, bu yil Oʻzbekistondan jami 15 130 nafar ziyoratchi Haj ziyoratini ado etadi.
“Oʻzbekiston musulmonlari idorasi har yili ziyoratchilarning yaqinlariga terminal va uning atrofida tirbandlik holatini yuzaga keltirmaslik uchun aeroportga kelmaslikni va oʻz yaqinlarini masjidlarda kuzatishlarini tavsiya qiladi. Ziyoratchilar aeroportga tartibli ravishda maxsus avtobuslarda yetib kelishadi, roʻyxatdan oʻtgach yetarlicha oʻrindiqlar oʻrnatilgan joʻnab ketish zonasiga yoʻl olishadi. Samolyotga chiqishni kutish vaqtida ziyoratchilarga ichimlik va gazaklar taklif etiladi”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q