Jamiyat
Namangan viloyatida yashovchi ayollar G.X., D.J., M.T hamda K.Mlar IIOga murojaat qilib, nomaʼlum sabablarga koʻra ularning nomlariga onlayn kredit rasmiylashtirilganligini maʼlum qilgan.
Tezkor-qidiruv natijasida mazkur jinoyatni Namangan viloyatida yashovchi 22 yoshli T.M. sodir etgani maʼlum boʻldi.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan T.M. jabrlanuvchilar (G.X., D.J., M.T hamda K.M.) Namangan shahar Chorsu mehmonxonasi oldida ishlab yurgan vaqtida ularning oldiga kelib, oʻzini hokimlik ishchisi ekanini aytgan. Soxta “xodim” obodonlashtirish boshqarmasi ishchilarining ishonchiga kirib, Namangan shahar hokimligi tomonidan moddiy yordam olib berishini taʼkidlagan va pasport maʼlumotlari hamda rasmlarini olib, ularning nomiga jami 46 mln soʻm miqdorida “Onlayn Mikroqarz” rasmiylashtirgan.
Mazkur holat yuzasidan T.M.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi bilan hozirda jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Maʼlumot uchun, mazkur bandda 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q