Iqtisod
Maʼlumotlarga koʻra, 2024 yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasida Xitoy va Rossiya eng yuqori ulushga ega boʻlgan.
Shuningdek, sanab oʻtilgan eng yuqori ulishga ega 10 ta davlat ichida Afgʻoniston hamda Hindiston ham bor.
Quyida mazkur eng faol 10 ta hamkor davlatlarning Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasidagi ulush qiymati AQSh dollarida koʻrsatib oʻtilgan:
▪️ Xitoy – 3,9 mlrd;
▪️ Rossiya – 3,8 mlrd;
▪️ Qozogʻiston – 1,2 mlrd;
▪️ Turkiya – 920,2 mln;
▪️ Koreya – 695 mln;
▪️ Fransiya – 386,4 mln;
▪️ Germaniya – 345 mln;
▪️ Afgʻoniston – 308,6 mln;
▪️ Turkmaniston – 288,5 mln;
▪️ Hindiston – 270,3 mln;
Maʼlumotda keltirilishicha, Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasidagi eng yuqori ulush Rossiya hissasiga toʻgʻri keladi.
Maʼlum boʻlishicha, mamlakatimizning tashqi savdosi yilning dastlabki 4 oyida jami 20,9 mlrd dollar boʻldi. Bu esa oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirganda tashqi savdo aylanmasi 5,9 foizga oʻsganligini anglatadi.
Bunda eksport 8,5 mlrd dollarni (+9 foiz), import esa 12,4 mlrd dollarni tashkil qilgan. Manfiy tashqi savdo balansi esa 3,9 mlrd dollarga yetgan.
Agar aprel oyida 758 mln dollarlik, yil boshidan beri esa 3,4 mlrd dollarlik oltin sotuvi amalga oshirilganini hisobga olsak, Bu umumiy eksportning 40 foizi oltin savdosiga toʻgʻri kelganligini koʻrsatadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q