Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon mexanika zavodi” shoʻba korxonasida farrosh boʻlib ishlagan N.Muxitdinovaning ishdan boʻshatilishiga rozi emasligi va rahbariyat bilan muzokara oʻtkazishni talab qilgan suhbati yozilgan audioyozuv tarqaldi. Maʼlum boʻlishicha, ovozli yozuvda ayol agar talablari bajarilmasa, oʻz joniga qasd qilish bilan tahdid qilgan.
Tarqalayotgan mazkur ovozli xabarga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ oʻz rasmiy munosabatini bildirdi.
Munosabatga koʻra, ushbu suhbatning yozib olinganiga ancha boʻlgan. Oʻsha paytda N. Muxitdinova bir necha bor, xususan, Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tuman sudi tomonidan 2021-yilda 169-moddaning 1-qismi boʻyicha, Paxtaobod tuman Jinoyat ishlari boʻyicha sudi tomonidan 2023-yilda 168-moddaning 1-qismi boʻyicha sudlangan va oxirgi jazoni tugatmasdan yana qonunni buzib, tergov ostida boʻlgan.
“Oʻz navbatida, N.Muxitdinova mehnat intizomini buzganligi va doimiy ravishda ish joyida boʻlmaganligi sababli ishdan boʻshatilgan”, deya xodimning ishdan olinishiga izoh beriladi munosabatda.
Shundan soʻng, yaʼni ishdan boʻshatilishi uning noroziligiga sabab boʻlib, u oʻzini yoqib yuborish bilan tahdid qilgan va rahbariyatni muzokaraga majburlamoqchi boʻlgan. Yakunda vaziyat hal qilingan va muzokaralar olib borilgan.
Aniqlik kiritilishicha, hozirgi vaqtda N.Muxitdinova Jinoyat ishlari boʻyicha Paxtaobod tuman sudining 2024-yil 19-apreldagi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining JK 168-moddasi boʻyicha 3 yil-u 8 oygacha ozodlikdan mahrum etilgan.
“Ushbu voqea haqida notoʻgʻri maʼlumotni nashr etish maqsadli ravishda korxona obroʻsiga putur etkazishi mumkin. Biz hamma axborot manbalariga eʼtiborli boʻlishni va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ rahbariyatiga asossiz izohlar tarqatmaslikni tavsiya qilamiz”, deb yakunlanadi xabar.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q