Jamiyat
Oʻzbekistonning Jiddadagi Bosh konsulxonasi maʼlumotiga koʻra, yurtdoshimiz G.M. Saudiya Arabistoniga umra amallarni bajarish maqsadida borgan turmush oʻrtogʻi A.R. moddiy tomondan qiyin ahvolda qolgani sababli unga yordam koʻrsatishni soʻrab murojaat qilgan.
A.R. Saudiya Arabistoniga umra amallarini bajarish maqsadida Oʻzbekistondan 30-mart kuni velosipedda yoʻlga chiqqan. U Oʻzbekistondan avval Rossiyaga, u yerdan Gruziyaga borgan. Gruziya chegarachilari tomonidan orqasiga, Rossiyaga qaytarib yuborilgan. Shundan soʻng A.R. “Vladikavkaz – Istanbul – Jidda” yoʻnalishi boʻyicha Saudiya Arabistoniga yetib kelgan.
Ammo Makkada boʻlgan vaqtida uning buyumlari va tegishli hujjatlari boʻlgan sumkalari oʻgʻirlab ketilgan.
Yozilishicha, Bosh konsulxona vakillari Makkadagi oʻzbekistonlik fuqarolar yordamida A.R. ni topgan va unga Oʻzbekistonga qaytish uchun guvohnoma rasmiylashtirilgan. Shu bilan birga, faol vatandoshlar koʻmagida “Madina-Toshkent” yoʻnalishidagi aviaqatnovga chipta sotib olib berilgan.
“Yurtdoshimiz shu yil 17-may kuni sogʻ-salomat oilasi bagʻriga qaytdi”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
109964
Jamiyat
94287
Jamiyat
90142
Jamiyat
73404
Jamiyat
//
Izoh yo‘q