Jamiyat
Andijon viloyati Fuqarolik ishlari boʻyicha Xoʻjaobod tumanlararo sudining 08.02.2024 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor MCHJdan undiruvchi “Biznesni rivojlantirish banki” ATB foydasiga jami 1,2 milliard soʻm kredit qarzdorligini undirish va undiruv turar-joy binosiga qaratilishi belgilangan.
Maʼlum boʻlishicha, qarzdor Byuroning Buloqboshi tuman boʻlimi xodimlari tomonidan ijro ishi talablarini bajarishi yuzasidan ogohlantirilgan. Biroq, shunday boʻlsa-da, u kredit qarzlarini toʻlamagan.
Oqibatda, ijro hujjatiga binoan qarzdorning Buloqboshi tumanining “M.Ismoiliy” mahallasida joylashgan 550 kv/m yer maydoniga ega 10 ta xonadan iborat turar-joy binosi xatlangan.


“Xonadon 1,5 milliard soʻmga baholangan boʻlib, hozirda ushbu binoni elektron onlayn-auksion savdosiga qoʻyish choralari koʻrilmoqda”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
109964
Jamiyat
94287
Jamiyat
90142
Jamiyat
73404
Jamiyat
//
Izoh yo‘q