Ishga qabul qilish jarayonida kimlarga sinov muddati belgilanmaydi?

Saqlash
16:58 / 20.05.2024 1277 0

Mehnat Kodeksiga muvofiq, quyidagi shaxslarga, shuningdek, vaziyatdan kelib chiqib ishga olinayotgan xodimlarga dastlabki sinov muddati belgilanmaydi:

 

◻️ homilador ayol, 3 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayol yoki 3 yoshga toʻlmagan bolani yolgʻiz oʻzi tarbiyalayotgan ota (vasiy);

 

◻️ zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan boʻlgan shaxslar;

 

◻️ davlat grantlari asosida oʻqigan va oliy taʼlim tashkilotini tamomlagan kundan eʼtiboran 3 oy ichida yoʻllanma boʻyicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilari;

 

◻️ tegishli taʼlim tashkilotini tamomlagan kundan eʼtiboran 1 yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi boʻyicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilari;

 

◻️ 6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;

 

◻️ 18 yoshga toʻlmagan shaxslar;

 

◻️ ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar boʻyicha bekor qilgan boʻlsa, oʻsha shaxslar;

 

◻️ ishlab chiqarishda oʻqitish shartnomasi boʻyicha ushbu ish beruvchida oʻqishni oʻtagan oʻquvchilar.

 

Shu bilan birga, dastlabki sinov faqat xodimni ishga qabul qilish chogʻida belgilanishi mumkin.

 

Xodim boshqa ishga oʻtkazilayotganda va boshqa ish beruvchiga xizmat safariga yuborilganda dastlabki sinov belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//