Jamiyat
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi bilan birgalikda “Haj-2024” dasturi doirasida Saudiya Arabistoniga charter yoʻlovchi aviaqatnovlarini amalga oshirishni boshlaydi.
Hamkorlikning bu yilgi ilk qatnovi 23-may kuni amalga oshiriladi.
“23-maydan 7-iyunga qadar “Haj” dasturi boʻyicha marosimlarni bajarish istagida boʻlgan ziyoratchilar Oʻzbekistonning 10 ta mintaqaviy xalqaro aeroportlaridan, xususan, Toshkent, Namangan, Fargʻona, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Navoiy, Nukus va Urganch shaharlaridan Madina shahriga yetkaziladi”, deyiladi xabarda.
Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, aviakompaniya joriy yilda “Haj-2024” dasturi doirasida 124 ta charter yoʻlovchi parvozlar bilan 15 130 nafar ziyoratchini tashishni rejalashtirgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q