Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Oʻzbekistonga keldi.
Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Taʼkidlash lozim, tashrifning birinchi kunida Toshkent shahrida oliy darajadagi tadbirlar va muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Sammit kun tartibidan tizimli siyosiy muloqotni rivojlantirish va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish, savdo, innovatsiyalar, energetika, neft-kimyo, sanoat, elektrotexnika va elektronika, qishloq xoʻjaligi va iqtisodiyotning boshqa sohalarida aniq kooperatsiya dasturlari va loyihalarini ilgari surish masalalari oʻrin olgan.
Bundan tashqari, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.
Maʼlumot uchun, Malayziya Bosh vaziri 17–19-may kunlari Oʻzbekistonda boʻladi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
109964
Jamiyat
94287
Jamiyat
90142
Jamiyat
73404
Jamiyat
//
Izoh yo‘q