Jamiyat
Voqea Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanida sodir boʻlgan.
Maʼlum boʻlishicha, tumandagi 45-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiga farzandi qatnamayotgani sababli “Qumbosdi” qishlogʻidagi 58-uyda yashovchi M.A.Z. (1981-yilda tugʻilgan) tuman inspektor-psixologi, katta leytenant D. Araqulov tomonidan chaqirilgan.
Biroq fuqaro oʻzini nosamimiy tutib, jamiyatda yurish-turish qoidalariga zid xatti-harakatlar sodir etgan. Shuningdek, farzandining taʼlimga qaytmasligini, hech kim hech narsa qila olmasligini taʼkidlagan va Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining qonuniy talablarini bajarmagan.
Shundan soʻng, mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MjtKning 183-, 194-moddalari tartibida maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Toʻplangan ish hujjatlari Oʻzbekiston tumani JIB sudi tomonidan koʻrib chiqilib, ushbu fuqaro MjtKning 183-, 194-moddalarida koʻrsatilgan huquqbuzarlik sodir etgan deb topilgan va unga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94516
Jamiyat
90459
Jamiyat
74536
Jamiyat
//
Izoh yo‘q