Surxondaryoda maktab oʻquvchilari notanish bolani kaltakladi

Saqlash
22:36 / 16.05.2024 1957 0

Viloyat IIB Axborot xizmati holat boʻyicha rasmiy munosabat bildirdi.

 

Maʼlum boʻlishicha, voqea 9-aprel kuni Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumaniga qarashli “Gulchechak” mahallasida sodir boʻlgan.

 

Oʻsha kuni B.N (2006-yil) hamda M.N(2006-yil)lar bir guruhga birlashib, oldindan oʻzaro jinoiy til biriktirgan holda mahalladagi 59-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining oldidagi yoʻlda oʻzlariga oldindan tanish boʻlmagan tumanning “Qiziltepa” mahallasida yashovchi fuqaro X.J (2001-yil) bilan hech bir sababsiz tortishib, janjallashib qoladi.

 

Natijada voyaga yetmagan B.N va M.N.lar qoʻllari bilan X.J.ni duch kelgan joylariga urib, oyoqlari bilan uning yuziga tepib tan jarohati yetkazadi.

 

Shuningdek, mazkur oʻquvchilar janjal davomida atrofdagi odamlarni oʻzlariga qaratib, jamoat tartibini buzishib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan bezorilik jinoyatini sodir etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan B.N va M.N.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//