Migratsiya agentligi Rossiyada ishlayotgan oʻzbekistonliklarni ogohlantirmoqda

Saqlash
19:50 / 16.05.2024 1826 0

Maʼlum boʻlishicha, soʻnggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimiz orasida Internetdagi eʼlonlar orqali katta pul evaziga mahsulotni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish boʻyicha muammolar yuzaga kelmoqda.

 

Norasmiy kuryerlik xizmatlarida narkotik yoki taʼqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zakladka) taklif qilinmoqda va buning oqibatida politsiya xodimlari tomonidan ular ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda. Bu boʻyicha hatto murojaatlar ham kelib tushgan.

 

“Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan norasmiy kuryerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni soʻraymiz”, deyiladi xabarda.

 

Maʼlumot uchun, Rossiya qonunchiligida narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//