Oʻzini omadsiz his qilgan shaxs koʻprik ustidan sakramoqchi boʻldi

Saqlash
16:07 / 16.05.2024 869 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda bir yigit oʻzini koʻprik ustidan tashlamoqchi boʻlgani haqida xabarlar tarqaldi.

 

Fuqaro dastlab koʻprikning chetki qismiga chiqib, marker bilan ingliz tilida “loser”(omadsiz) deb yozgan.

 

Millar muxbiri yigitning shaxsan oʻzi bilan suhbatlashganida u “shunchaki dam olib oʻtiribman” degan.

 

Ammo koʻngilxushlik qilayotgandek tuyilgan yigit shu yaqin atrofda xizmat vazifasini oʻtayotgan post patrul xizmati xodimiga oʻz niyatini ochiqlagan.

 

“Nima uchun bu yerga chiqib olganini soʻragan vaqtimda, fuqaro “jonimdan toʻydim” deb menga javob berdi” deydi xodim.

 

Maʼlum boʻlishicha, yigit nafaqat devorga, balki qoʻliga ham “suitsid” (joniga qasd qilish) mazmunidagi soʻzlarni yozib olgan boʻlgan.

 

“Suhbatlashgan paytimda, fuqaroning qoʻlida qanaqadir yozuv bor ekan. Yozuvga qaraganimda, “jonimdan toʻydim” degan yozuvni koʻrganimda, fuqaroga “nima maqsadda bunday yozib oldingiz, oʻzingizning joningiz oʻzingizga aziz” degan savollarni berdim” deya izoh beradi PPX xodimi.

 

Aniqlik kiritilishicha, voqea Chilonzor metrosining tepasidan oʻtgan koʻprik ustida sodir boʻlgan.

 

Yigitning boshida himoya vositasi boʻlgan.

 

Yakunda PPX xodimlari yigitning oldiga chiqib, uni sogʻ-salomat olib tushishga muvaffaq boʻlgan.

 

“Fuqaroni xavfsiz joyga chiqardim. Holat boʻyicha tuman IIBga axborot berdim va profilaktik inspektor xodimiga olib borib topshirdim” deydi PPX xodimi.

 

Holat yakunida qoidabuzar fuqaro MjtKning 183-moddasida nazarda tutilgan holatni sodir etgani aniqlanib, unga Jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tumani sudi tomonidan BHMning 3 barobarida jarima jazosi tayinlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//