Endi hamkasbiga tazyiq oʻtkazgan xodim ishdan haydaladi

Saqlash
21:00 / 14.05.2024 962 0

Prezident qaroriga muvofiq, 2024-yil avgust oyiga qadar qonun loyihasi ishlab chiqilib, Mehnat kodeksiga bir qator jihatlarni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish belgilandi.

 

Jumladan, boshqa xodimga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holati yuzasidan tahdid qilayotgan xodim ish beruvchi tashabbusi bilan boshqa doimiy ishga oʻtkaziladi yoxud ish beruvchi tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilinadi.

 

Mehnat jarayonidagi tazyiq va zoʻravonlikni hamda ushbu holatlar yuzasidan koʻrilgan choralarni idoraviy odob-axloq komissiyasida yoki kasaba uyushmasi vakili ishtirokida bayonnoma tuzgan holda batafsil muhokama qilinadi.

 

Kalendar yili davomida himoya orderidan foydalangan xodimga oʻzining ruhiy-emotsional holatini tiklash uchun asosiy mehnat taʼtili bilan birgalikda ish haqi saqlangan holda 10 kundan iborat qoʻshimcha mehnat taʼtili beriladi.

 

Hujjatga koʻra, mazkur bandlar avgust oyida Mehnat kodeksiga kiritiladi va kuchga kiradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//