Jamiyat
Farmonga muvofiq, lotereya va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish faoliyatini tartibga solishda bir qator ishlar amalga oshiriladi.
Jumladan, davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda xayriya jamgʻarmalari va tashkilotlari faqat tuziladigan shartnomalarga asosan lotereya tashkilotchilari orqali lotereyalar oʻtkazishga haqli boʻladi.
Litsenziyalar asosida tashkillashtirilgan lotereya, internet tarmogʻidagi oʻyinlar va bukmekerlik garovlarida faqat 18 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti va norezidentlari qatnashishi mumkin. 18 yoshdan kichiklar qatnashishi taqiqlanadi.
Yuridik shaxslar lotereya, internet tarmogʻida oʻyinlarni tashkil etish faoliyatidan yoki bukmekerlik faoliyatidan olingan jami daromadidan maʼlum miqdorda soliq toʻlaydi. Jismoniy shaxslar esa soliq toʻlamaydi. Mazkur tartib keyingi yilning yanvar oyidan to 5 yilgacha davr mobaynida amalda boʻladi.
Lotereya, internet tarmogʻidagi oʻyinlar va bukmekerlikni tashkil etish faoliyatlari uchun qonunchilikka muvofiq Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan litsenziyalar beriladi.
Aynan mazkur Agentlik Oʻzbekistonda lotereya hamda internet tarmogʻida oʻyinlarni tashkil etish faoliyatini va bukmekerlik faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
109965
Jamiyat
94287
Jamiyat
90142
Jamiyat
73405
Jamiyat
//
Izoh yo‘q