Jamiyat
Endi oʻtish ballari yoʻnalishga qarab farqlanadi. Shuningdek, bu yil qariyb 10 ballga yuqorilaydigan minimal oʻtish bali, kelgusi yili yana 9 ballga koʻtariladi.
Bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov maʼlum qilgan.
Vazirning soʻzlariga koʻra, joriy yilda barcha yoʻnalishlar uchun minimal oʻtish bali oshiriladi, yaʼni abituriyentlarga endi avvalgidek 56,7 ball bilan oʻqishga kirish imkoniyati berilmaydi.
Endi oʻqishga kirishda oʻtish ballari yoʻnalishlarga qarab belgilanadi.
Izohlanganda, 2024-2025- oʻquv yili uchun oʻtish ballari quyidagicha tabaqalanadi:
◻️ sogʻliqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yoʻnalishlari uchun – 75,6 ball;
◻️ boshqa yoʻnalishlar uchun – 66,5 ball.
Bundan tashqari, keyingi oʻquv yili, yaʼni 2025-yildan boshlanadigan 2025/2026-oʻquv yilida yana minimal ballar koʻtariladi.
Bunda tabaqalanish quyidagicha:
▪️ sogʻliqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yoʻnalishlari uchun – 94,5 ball;
▪️ boshqa yoʻnalishlar uchun – 75,6 ball.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94516
Jamiyat
90459
Jamiyat
74536
Jamiyat
//
Izoh yo‘q