Jamiyat
Xabarga koʻra, Toshkent shahrining Sirgʻali tumanida yashovchi 37 yoshli F.Y. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 1 mln soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari nomaʼlum shaxs tomonidan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.
Tekshiruvlar natijasida firibgarlik qilgan shaxs Surxondaryo viloyatining Qumqoʻrgʻon tumanida yashovchi 23 yoshli S.M. boʻlib chiqdi.
Aniqlik kiritilishicha, gumonlanuvchi C.M. jabrlanuvchi F.Y. bilan Telegram messenjeri orqali tanishgan. Shundan soʻng u 50 mln soʻmgacha onlayn mikroqarz olib berishini aytib, jabrlanuvchini ishontirgan. Xizmat haqi uchun esa oldindan 1 mln soʻm soʻragan va pulni kartasiga oʻtkazib olgan.
Na onlayn mikroqarz va na 1 mln soʻm pul qaytmaganini anglagan F.Y. Ichki ishlar organlariga murojaat qilishga majbur boʻlgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan S.M.ga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Oldinroq 39 yoshli ayol soxta havola orqali boshqa birovning 9 mln soʻm pulini oʻzlashtirib olgani haqida xabar berilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q