Boʻstonliqda Kadastr agentligi xodimi kaltaklandi

Saqlash
20:14 / 10.05.2024 1980 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Kadastr agentligi xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida kaltaklangani aks etgan video tarqaldi.

 

Agentlikning dastlabki oʻrganish natijalariga koʻra, ushbu holat Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida roʻy bergan.

 

“Holat kadastr xodimi tomonidan Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida yashovchi fuqaro A.B. ning qoʻshnisi tomonidan yoʻl berkitilib, devor qurilgani yuzasidan yoʻllagan murojaatini oʻrganish davomida yuz bergan”, deyiladi xabarda

 

Agentlik, shuningdek, davlat xizmatchilari oʻz vazifalarini bajarish chogʻida ularga toʻsqinlik qilish yoki xalaqit berish qonunchilikka koʻra javobgarlikka sabab boʻlishini eslatib oʻtgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//