Jamiyat
Norasmiy maʼlumotda 2023-yilning 12-dekabr sanasida xonanda sobiq turmush oʻrtogʻining Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan koʻp qavatli uydagi xonadoniga borgan va turmush oʻrtogʻini kurakda turmaydigan, qadr-qimmatini tahqirlovchi turli soʻzlar bilan haqorat qilgani aytiladi.
Maʼlum boʻlishicha, bundan oldin ham, yaʼni 2023-yilning fevral oyida ham Shohjahon Joʻrayev maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning haqorat qilish moddasi bilan javobgarlikka tortilgan va unga 1,5 million soʻm jarima solingan.
Endilikda jinoyat kodeksining haqorat qilish moddasiga zid holatda harakat qilgan va oldingisidan xulosa qilmagan Joʻrayevga nisbatan yana jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda xonandaga nisbatan qanday jazo qoʻllangani maʼlum emas.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q