Jamiyat
Maʼlumki, endilikda taʼlim granti talabalarga bir oʻquv yili uchun ajratiladi. Bunda grant oʻqishga eng yuqori ball bilan kirgan abituriyentlarga ajratiladi. Ammo 2-kursdan boshlab davlat granti reyting koʻrsatkichlari boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan talabalarga beriladi. Yaʼni, agar grantga kirgan talaba oʻquv yilini sust oʻzlashtirsa, ikkinchi oʻquv yilida kontraktga tushib ketishi, kontraktda oʻqigan yaxshi talaba esa grantga chiqib olishi mumkin.
Xoʻsh, mazkur tartib hozirda oʻqiyotgan 1-kurs talabalari uchun ham tatbiq qilinadimi?
Yoʻq. Bu tartib faqatgina 2024/2025 oʻquv yili uchun amal qiladi. Yaʼni, faqat joriy yilda oʻqishga kiradigan 1-bosqich talabalari bunday imkoniyatga ega boʻladi.
Hozirda grantda oʻqiyotgan birinchi va undan yuqori bosqichdagi talabalar uchun esa to bitirib ketgunigacha davlat granti saqlanib qoladi. Ularga ushbu yangi tartib amal qilmaydi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94516
Jamiyat
90459
Jamiyat
74536
Jamiyat
//
Izoh yo‘q