Jamiyat
Davlat rahbari 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitaliga borib, urush qatnashchilari holidan xabar oldi.
Ushbu muassasaga Uskan ota Xadjimanov Boyovut tumanidan, Fayzulla ota Nurmatov Oqqoʻrgʻon tumanidan, Anarboy ota Jalilov Parkent tumanidan, Muhiddin ota Dusanbayev Oʻrtachirchiq tumanidan kelib davolanmoqda.
Nuroniylar prezidentga nevara-chevaralarining oʻqish va ishlari, yutuqlari haqida soʻzlab berdi. Bobolar o‘zbekistonliklarni tinchlikning qadriga yetish, vatanparvarlik, mehnatsevarlikka daʼvat etdi.
“Hamma harakatlarimiz xalqimizni rozi qilish uchun. Islohotlar natijasi eng quyiga, har bir xonadonga kirib borishini istaymiz. Rejalarimiz ham katta. Hamma jipslashsa, birgalikda harakat qilsa, oʻylagan niyatlarimizga tezroq yetishamiz. Sizdek nuroniylarning duolari bunda bizga madadkor boʻladi. Sizlarning hayotingiz iroda, jasorat maktabi, gaplaringiz yoshlarga ibrat”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Otaxonlar mehr-eʼtibor uchun davlat rahbariga minnatdorlik bildirdi. Dunyoning tinchligi, yoshlarning porloq kelajagini soʻrab duo qildi.
Gospitalda mukammal taʼmirlanib va yangi binolar qurilib, 2022-yil foydalanishga topshirilgan edi. Muassasa jami 700 oʻringa moʻljallangan boʻlib, bu yerda harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolari, soha faxriylari bepul davolanadi. Buning uchun 286 xil diagnostik tekshiruv, 600 dan ortiq amaliyotlar yoʻlga qoʻyilgan, 30 ga yaqin ixtisoslashgan boʻlimlar tashkil etilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q