Jamiyat
Kredit tarixini bilishda yangilik. Endilikda foydalanuvchilar kredit tarixi uchun ariza topshirganda, oʻzlarining skoring (scoring) balidagi oʻzgarishlarni oylar davomida kuzatib borishi mumkin boʻladi.
Bunday kredit tarixi har kimda mavjud boʻlib, u banklar va mikromoliya tashkilotlariga qarz oluvchining qanchalik ishonchli ekanini baholashga yordam beradi.
Bunda qarz oluvchilar “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi tomonidan 0 dan 500 gacha boʻlgan oraliqdagi skoring ball orqali baholanadi.
Baholanish 5 guruhga boʻlinadi:
A – aʼlo (400-500 ball);
B — yaxshi (300-400 ball);
C — oʻrtacha (200-300 ball);
D — qoniqarli (100-200 ball);
E — yomon (0-100 ball).
Kredit tarixini tekshirib borish mumkin boʻlgan saytlar:
🔘 portal.infokredit.uz/reports;
🔘 my.gov.uz.
Mazkur saytlarda ushbu xizmatdan foydalanish pulli, ammo bir yil uchun bir marta bepul foydalanish imkoniyati mavjud.
Quyida ularning xizmat uchun qoʻygan narxi:
▪️ portal.infokredit.uz – 17 000 soʻm;
▪️ my.gov.uz – 15 300 soʻm.
Maʼlum boʻlishicha, mutaxassislar kredit tarixini bilish uchun imkon qadar portaldan foydalanishni tavsiya qilmoqda.
Qoʻshimchasiga, tayyor hisobotlarni “harakatlar tarixi” boʻlimidan yuklab olish yoki kuzatish mumkin.
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jahon
Iqtisod
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q