198 nafar qatagʻon qurbonining nomi oqlandi

Saqlash
17:19 / 07.05.2024 1427 0

Bosh prokuror oʻrinbosari tomonidan Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga kassatsiya tartibida protestlar keltirilgan.

 

Kuni kecha, 6-may kuni Oliy sud raisining oʻrinbosari Ikrom Muslimov raisligida oʻtkazilgan ochiq sud majlislarida ushbu protestlar koʻrib chiqilib, qanoatlantirilgan hamda Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan jami 11 ta jinoyat ishi boʻyicha 198 nafar shaxsga nisbatan Oliy sud Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining oqlov hukmlari chiqarilgan.

 

Jumladan, SSRI Oliy sudi jinoyat sudlov hayʼatining 1930-yil 21-iyundagi hukmi bilan Oʻzbekiston SSR Oliy sudi raisi lavozimida ishlagan Saʼdulla Qosimov va boshqalar (jami 7 kishi) Oʻzbekiston SSR Jinoyat kodeksining 63-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga mol-mulkini musodara qilgan holda oʻlim va ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlangan edi.

 

Oliy sud Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining 2024-yil 6-maydagi sud majlisida S. Qosimovning nabirasi F. Saʼdullayev tomonidan ushbu hukm ustidan berilgan kassatsiya shikoyati hamda Bosh prokuror oʻrinbosari tomonidan ushbu jinoyat ishi yuzasidan keltirilgan kassatsiya protesti ham koʻrib chiqilgan. Natijada S. Qosimov va boshqalarga nisbatan chiqarilgan ayblov hukmi bekor qilinib, ularning harakatlarida jinoyat tarkibi mavjud emasligi hamda jinoiy hodisa yuz bermaganligi sababli aybsiz deb topilib, oqlangan.

 

Sud oqlovi bilan adolat qaror topdi. Shafqatsiz yillarida beayb tizimning qurboni boʻlgan insonlarning nomi oqlandi.

 

Mazkur manzilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan reabilitatsiya qilinib, oqlangan qatagʻon qurbonlarining roʻyxati keltirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//