Tarbiyachining bolalarning qoʻliga igna sanchib jazolagani rad etildi

Saqlash
15:51 / 07.05.2024 943 0

Oldinroq holat haqida dastlabki maʼlumot berilgan edi.

 

Endilikda aniqlik kiritilishicha, tarbiyachi bolalarning qoʻliga igna tiqmagan. Suratlarda tasvirlagan bolaning yiringlagan barmogʻi esa eshikka qisilib qolgani uchun shu holatga kelgan.

 

Toʻliq maʼlumotga koʻra, voqea Gurlan tumanidagi 23-sonli davlat bogʻchasida sodir boʻlgan. 2024-yilning mart oyidan beri mazkur bogʻchaga qatnab kelayotgan 5 yoshli tarbiyalanuvchisi Y.X. shu yilning 17-aprelida bogʻchaning kirish eshigida qoʻli qolib ketadi va barmogʻi shikastlanadi. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan fotosuratlar esa bolaga koʻrsatilgan birinchi tibbiy yordam vaqtida olingan.

 

Bolaning onasi Y.X. holatga aniqlik kiritishicha, fotosuratda oʻgʻlining qoʻliga tiqilgan sim aslida tibbiyot xodimlari tomonidan barmoqning yaralangan qismini tikish uchun tibbiy maqsadida qoʻyilgan. Hozirda bolaning sogʻligʻi toʻliq tiklangan. Tarbiyachi F.S. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi esa joriy yilning 6-may kunidan mehnat qonunchiligiga muvofiq ravishda bekor qilingan.

 

Maʼlumot uchun, tarbiyachi bilan mehnat shartnomasining bekor boʻlishiga asosiy sabab aniq aytilmagan. Biroq tarqalgan videoda tarbiyachi bolalarga qoʻpol muomalada boʻlgani aks etgan tasvirlar ham bor.

 

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//