Iqtisod
Taqdim qilingan maʼlumotga koʻra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida xorijiy davlatga koʻchib ketgan oʻzbekistonliklar jami 2 586 nafarni tashkil etadi.
Shu hisobda, xorijga koʻchib ketganlarning 82,2 foizi yoki 2 125 nafari Qozogʻistonga koʻchib oʻtgan.
357 nafari yoki 13,8 foizi Rossiya Federatsiyasiga ketgan.
Qirgʻizistonga koʻchib ketgan oʻzbekistonliklar 22 nafar boʻlib, bu jami ulushning 0,9 foizni tashkil qiladi.
Shuningdek, Janubiy Koreyaga 20 nafar (0.8 foiz) hamda Turkmanistonga 8 nafar(0,3 foiz) kishi koʻchib ketgani aytiladi.
Umuman boshqa davlatlarga koʻchib ketganlar esa jami 54 nafar boʻlib, bu 2 foiz deganidir.
Koʻchib ketganlarning 51,2 foizi yoki 1 323 nafari erkaklar, 48,8 foizi yoki 1 263 nafari ayollar hisoblanadi.
Xorijda doimiy yashash uchun ketganlarning 10,1 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar hissasiga toʻgʻri keladi.
Mehnatga layoqatli yoshdan kattalar 8,2 foiz.
Mehnatga layoqatli yoshdagilar esa 81,8 foiz qismni tashkil etadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q