Ayni vaqtda qancha talaba rasman ishlayotgani maʼlum qilindi

Saqlash
21:02 / 26.04.2024 2492 0

Bandlik vazirligining maʼlumotiga koʻra, ayni vaqtda respublikada jami ishlayotgan talabalarning soni 113 724 nafar.

 

Ular quyidagicha taqsimlanadi:

▪️ Davlat tashkilotlarida – 62 707 nafar (55,1 foiz);

▪️ Xususiy subyektlarda – 47 235 nafar (41,6 foiz);

▪️ Ikkala sektorda – 3 782 nafar (3,3 foiz).

 

Shundan ham oʻqib, ham ishlovchilarning 66 524 nafari (58,5 foiz) yigitlar boʻlsa, 47 200 nafari (41,5 foiz) qizlardir.

 

Talabalarning rasman ishlashi boʻyicha yetakchi hudud Toshkent shahri boʻlib, bu yerda jami 35 864 nafar talaba ham ishlab, ham oʻqiydi. Bu hajm yuqorida soni koʻrsatilgan umumiy ishlovchi talabalarning 31,5 foizini tashkil qiladi.

 

Shuningdek, poytaxtda ishlovchi talablarning 25 226 nafari yoki umumiy miqdorning 22,2 foizi yigitlar boʻlsa, umumiy talabalarning 9,3 foizi yoki 10 638 nafari Toshkentda rasman ishlayotgan talaba qizlar hisoblanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//