Yil boshida qaysi yoshdagi oʻzbekistonliklar eng koʻp sayohat qilgani aytildi

Saqlash
19:39 / 26.04.2024 2502 0

Turistik maqsadlarda chet elga sayohat qilgan oʻzbekistonliklarning yarmini 31 – 55 yoshdagilar tashkil etgan, deb xabar berdi Statistika agentligi.

 

Maʼlum boʻlishicha, mazkur maʼlumot joriy yilning yanvar-fevral oylariga tegishli.

 

Mazkur oylar davomida 850 ming nafar oʻzbekistonlik turist sifatida chet elga sayohat qilgan.

 

Safarga chiqqan yurtdoshlarimizning yosh boʻyicha taqsimoti quyidagicha:

◽️ 0 – 18 yosh — 110,4 ming nafar;

◽️ 19 – 30 yosh — 148,8 ming nafar;

◽️ 31 – 55 yosh — 425 ming nafar;

◽️ 56 yosh va undan kattalar — 165,8 ming nafar.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//