Jamiyat
Taʼmirlash ishlari olib borilayotgani tufayli Chilonzor, Uchtepa, Mirzo Ulugʻbek va Olmazor tumanlarining qator hududlariga 26-aprel kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” xabar berdi.
Tashkilot xabariga koʻra, quyidagi hududlarda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi:
Chilonzor tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha):
aholi isteʼmolchilari — “Zarqoʻrgʻon”, “Fidokor”, “Navbahor”, “Katta Navbahor”, S-mavze, “Koʻtarma”, “Naqqoshlik”, “Botirma”, “Mevazor”, “2-Qatortol”, “Yakkabogʻ”, “Qozirabod”, “Tirsakobod”, “Mehrijon”, “Katta Xirmontepa” MFYdagi 1963 ta yerli xonadon va koʻp qavatli uylardagi 6858 ta xonadon;
ulgurji isteʼmolchilar — hududdagi 68 ta ulgurji isteʼmolchilar.
Uchtepa tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha):
aholi isteʼmolchilari — “Tepa Qoʻrgʻon”, “Koʻxna Choʻpontepa”, “Bogʻobod”, “Bogʻiston”, “Birlik”, “Nayman”, “Guzar” MFY, Uchtepa tuman 11–15, 21–26-mavzelari koʻp qavatli uylaridagi 7379 ta xonadon;
ulgurji isteʼmolchilar — hududdagi 76 ta ulgurji isteʼmolchilar.
Mirzo Ulugʻbek tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha):
aholi isteʼmolchilari — “Temuriylar” MFYdagi 254 ta xonadon;
ulgurji isteʼmolchilar — 10 ta.
Olmazor tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha):
aholi isteʼmolchilari — “Qizgʻaldoq” MFYdagi 260 ta xonadon;
ulgurji isteʼmolchilar — 4 ta.
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q