Qadimiy tangalarni olib chiqib ketmoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi

Saqlash
23:22 / 25.04.2024 2510 0

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Buxoro aeroporti” chegara bojxona posti orqali qadimiy numizmatika buyumlarini olib chiqib ketishga boʻlgan urinish bartaraf etildi, deb xabar berdi Buxoro viloyat bojxona boshqarmasi.

 

Maʼlum boʻlishicha, tangalarni mamlakatdan olib chiqmoqchi boʻlgan shaxslar 2 nafar boʻlib, ular Buxoro -Vnukovo yoʻnalishda uchishni rejalashtirgan.

 

“Bartaraf etilgan ikki holatda jami 4 dona qadimiy tangalar borligi aniqlandi. Ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olingan tangalarning qadimiylik darajasini aniqlash maqsadida Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi tomonidan badiiy ekspertiza oʻtkazildi”, deyiladi xabarda.

 

Aniqlanishicha, mazkur tangalar 1751-yilda Rossiya imperiyasining birinchi imperatori Pyotr I hukmronligi davrida Yekaterinburg zarbxonasida zarb etilgan.

 

Olib qoʻyilgan qadimiy numizmatika ashyolari doimiy saqlash uchun Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasiga taqdim etilgani aytiladi.

 

“Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasining “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan zarb etilganligiga 50 yildan oshgan numizmatika buyumlarini yurtimiz hududidan olib chiqib ketish taʼqiqlanadi”, deyiladi xabar yakunida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//