Jamiyat
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ'ning maʼlum qilishicha, “Afrosiyob” elektropoyezdlarining chiptalar narxlari koʻtarildi. Bunda ekonom klass 20 foiz , biznes klass 30 foiz va VIP klass 40 foizga qimmatlagan.
Xabarda bunga quyidagicha izoh beriladi:
“Maʼlumki, temir yoʻl infratuzilmasini isloh qilish, elektr-energiya, yoqilgʻi, logistika va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish, maqsadida 2024-yil 15-maydan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlarining chiptalar narxlari ekonom klass - 20%, biznes klass - 30% va VIP klass - 40% vagonlari uchun oshmoqda”.
Shu hisobda yoʻnalishlar boʻyicha narxlar quyidagicha koʻrinishda boʻladi:
Toshkent — Buxoro
– VIP 890 000 soʻm;
– Biznes 600 000 soʻm;
– Ekonom 403 000 soʻm.
Toshkent — Qarshi
– VIP 747 000 soʻm;
– Biznes 507 000 soʻm;
– Ekonom 338 000 soʻm.
Toshkent — Samarqand
– VIP 554 000 soʻm;
– Biznes 358 000 soʻm;
– Ekonom 244 000 soʻm.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q