Siyosat
Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekiston xalqi nomidan birodar afgʻon xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini yetkazish maqsadida Afgʻonistonning Balx viloyatiga joʻnab ketdi, deb xabar berdi viloyat Matbuot xizmati.
Xabarga koʻra, jami 8 ta yuk mashinasiga ortilgan insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 48 tonna bugʻdoy, 15 ming litr oʻsimlik yogʻi, 10 ming dona konservalangan goʻsht, 24 tonna shakar va 22 tonna makaron mahsulotlari hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan qadoqlangan lagʻmon paketlari oʻrin olgan.
Shu munosabat bilan bugun Hayratonda ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi boʻlib oʻtadi, deyiladi xabarda.
Maʼlum boʻlishicha, Hayraton shahridagi Astras kompaniyasi hududida prezidentning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev, Surxondaryo viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari Anvar Oripov, Afgʻoniston iqtisodiyot vaziri Dilmuhammad Hanif va boshqa rasmiylar ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda ikki davlat rasmiylari ishtirokida hududlarning oʻzaro savdo-iqtisodiy va gumanitar sohadagi hamkorligini rivojlantirish borasida muzokaralar oʻtkazilgan.
Tadbirda ishtirok etgan afgʻonistonlik rasmiylar Ramazon oyida koʻrsatilayotgan bu kabi amaliy yordam uchun Oʻzbekiston xalqiga minnatdorlik bildirgan.
Oldinroq Oʻzbekiston xalqidan Qozogʻiston xalqiga insonparvarlik yordami yuborilgani haqida xabar berilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
KArip
19:04 / 25.04.2024
O'zbek xalqi shunday bag'ri keng xalq O'zi to'q bo'lib qo'shnisining och o'tirishiga hech qachon yo'l qoymaydi