Siyosat
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning aprel oyida “Zamonaviy ayollar” klubi tomonidan “Atlas Party” nomli milliy liboslar targʻibot tadbiri oʻtkazilgan. Tadbirdan olingan videolavhalar esa ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib borilgan.
Ushbu lavhalarga nisbatan nomaʼlum erkak salbiy munosabat bildirgan. Uning mazkur targʻibot tadbirida ishtirok etgan ayollarni obroʻsizlantiruvchi haqoratli soʻzlari aks etgan videorolik ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi va bu keng jamoatchilik muhokamalariga sabab boʻldi.
Shu sababli, mazkur holat yuzasidan “Atlas Party” tadbirining bir qator ishtirokchilari ichki ishlar idoralariga ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrish uchun ariza bilan murojaat qilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv tadbirlar natijasida mazkur shaxs 1988-yilda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan fuqaro M.D. ekanligi aniqlangan.
Aniqlik kiritilishicha, 2024-yilning 23-aprel kuni fuqaro M.D. Shayxontohur tumani IIO FMBga taklif etilgan hamda u oʻzining shaxsiy diniy qarashlaridan kelib chiqqan holda atlas targʻibotini olib borgan ayollarga nisbatan haqoratli soʻzlar ishlatganini taʼkidlab oʻtgan.
Xulosaga koʻra, ushbu huquqbuzarlik holati tegishli tartibda Shayxontohur tuman sudi tomonidan koʻrib chiqilib, fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) asosida M.D. ga nisbatan 15 sutka muddatga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q