Jamiyat
Avtomashinalar “Mehr daftari” jamgʻarmasi hisobidan xarid qilinmagan, deyiladi Qashqadaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati rahbari Ahror Sodiqov bergan munosabatda.
Unga koʻra, ushbu holatda texnik xatolik yuz bergan boʻlishi mumkin. Viloyat hokimligi xarid qilgan gibrid transport vositalari Prezidentning 2022-yil 19-dekabrdagi (PQ-443) qarori asosida xalq deputatlari viloyat kengashining 2024-yil 16-fevraldagi K/24-sonli qarori qabul qilinib, unga asosan mahalliy byudjetning 2024-yil boshidagi erkin qoldik mablagʻlari hisobidan xarid qilingan.
“Yaʼni, avtomobillar xaridi uchun “Mehr daftari” jamgʻarmasidan mablagʻ oʻtkazilmagan”, deydi rasmiy.
Tushuntirilishicha, mazkur holatda avtomobillar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli qarorida belgilangan meʼyorlarga amal qilgan holda xarid qilingan.
“Hozirda serverda nega “Mehr daftari” jamgʻarmasi koʻrsatilayotgani sabablari oʻrganilmoqda. Qoʻshimcha maʼlumotlar taqdim etamiz”, deydi viloyat hokimligi Matbuot kotibi.
“Kun.uz” nashri kecha Qashqadaryo viloyati hokimligi “Mehr daftari” jamgʻarmasi nomidan toʻrtta “gibrid” BYD Song Plus sotib olayotgani boʻyicha xabar bergan edi. Shu hisobda hokimlik va tovora sotuvchi tomon oʻrtasida 1 milliard 780 million soʻmlik kelishuvlar amalga oshirilgan(1, 2, 3, 4). Qizigʻi, oʻtgan yilning 9-iyun kuni ushbu jamgʻarma tomonidan ham 450 million soʻmga Chevrolet Equinox (start-stop tizimi bilan jihozlangan gibrid) sotib olish uchun ariza berilgan boʻlib, u hali ijro bosqichida ekanligi koʻrsatilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q