Oʻzbekistonliklar qaysi mahsulotlarni eng koʻp sotib olayotgani ochiqlandi

Saqlash
09:26 / 25.04.2024 1104 0

Soliq qoʻmitasining xarid cheklar statistikasiga tayanib xabar berishicha, mamlakatimizda boshqa mahsulotlarga qaraganda benzin-gaz, sayohat va oziq-ovqat uchun koʻproq pul sarflanmoqda.

 

Maʼlumot uchun, fiskal cheklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik Soliq qoʻmitasi maʼlumotlar bazasida koʻrinadi.

 

2024-yilning I choragida oʻtkazilgan tahlillarga koʻra quyidagi mahsulotlar eng koʻp sotilgan:

 

▫️Metan gaz — umumiy realizatsiya summasi 3,4 trln soʻmlik;

▫️Benzin AI-80 — 2,6 trln soʻm;

▫️Avia chipta (xalqaro) — 2,3 trln soʻm;

▫️Benzin AI-92 — 1,2 trln soʻm;

▫️1-navli bugʻdoy uni — 1,1 trln soʻm;

▫️Uyali telefonlar — 638,3 mlrd soʻm;

▫️Fast-fud – 613 mlrd soʻm;

▫️Kungaboqar yogʻi — 543,1 mlrd soʻm;

▫️Asosiy goʻshtli taomlar — 470,2 mlrd soʻm;

▫️Pishiriqlar — 427,4 mlrd soʻm;

▫️Tamaki mahsulotlari (Pall Mall, VEGAS NIGHTS) — 418,1 mlrd soʻm;

▫️Alkogolsiz ichimliklar — 399,4 mlrd soʻm;

▫️Mehmonxona xizmatlari — 394,9 mlrd soʻm;

▫️Shakar — 378,5 mlrd soʻm;

▫️Propan gaz — 374,5 mlrd soʻm.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//