Tish ogʻrigʻidan xalos boʻlishning bir qator sodda usullari bor

Saqlash
21:36 / 24.04.2024 1240 0

Tish ogʻrigʻi eng yomon ogʻriq. Uning azobidan hamma xabardor boʻlsa kerak. Biroq yarim tunda ogʻrib qolgan tishning azobini yengillatish yoki yoʻqotish usullarini hamma ham bilmaydi. Quyida siz tis ogʻrigʻidan tez va samarali himoyalanish usullarini bilib olasiz.

 

Tuz + suv

Bir stakan suvda 2 choy qoshiq tuzni eritib oling. Tayyor boʻlgan eritma bilan ogʻzi boʻshligʻingizni chaying,

 

Tuzli eritma patogen bakteriyalar va qoʻziqorinlarni oʻldiradi, ogʻiz boʻshligʻini dezinfeksiya qiladi va shishishni yengillashtiradi.

 

Soda + suv

soda allergiyaga olib kelmaydigan eng yaxshi antiseptiklardan biri hisoblanadi.

 

Eritmani tayyorlash uchun bir stakan iliq suvga 1 choy qoshiq soda aralashtiriladi. Qarabsizki, arzongina dori tayyor. U bilan ogʻzingizni chaysangiz, tish ogʻrigʻi tezda bosiladi.

 

Eʼtibor bering, soda suvda yaxshi erishi lozim.

 

Oʻsimlik damlamasi

Yuqoridagilardan tashqari tish ogʻrigʻi uchun yalpiz, marmarak, moychechak(romashka) va melissa barglaridan ajoyib dorivor damlama tayyorlash mumkin.

 

Bunda ularning quritilgan barglari kerak boʻladi. 2 osh qoshiq quruq barglar (quruqchoy holatida, alohida-alohida) choy qilib damlanadi. Damlama taxminan 20 minut dim yeyishi kerak. Tayyor boʻlgach u bilan ogʻzi boʻshligi chayiladi. Bu kuniga 4-5 marta boʻlishi lozim va muntazam qilib borilsa, tamoman tish ogʻrigʻidan qutilish mumkin.

 

Eman poʻstlogʻi

Maʼlum miqdordagi suvga eman daraxti poʻstlogʻini ezib tayyorlangan kukundan 2-3 osh qoshiq solinadi va qaynatiladi. U kamida 5 minut qaynashi lozim. Keyin u sovitiladi. Va nihoyat dori tayyor. har 3 soatda ana shu eritma bilan ogʻiz boʻshligʻi chayiladi.

 

Bu eritma yalligʻlanishga qarshi yaxshi samara beradi. Shuningdek, u ogʻriq qoldiruvchi taʼsiriga ega.

 

 

Suv + soda + tuz + yod

Buning uchun 1 stakan issiq suvga 1 choyqoshiq isteʼmol sodasi, bir chimdim tuz solib, aralashtirasiz. Shuningdek, unga bir nechta tomchi yod eritmasidan ham tomizib, eritma tayyorlaysiz.

 

Aralashmalar yaxshi erishi zarur.

 

Tish ogʻrigan vaqtida ana shu eritma bilan ogʻiz boʻshligʻi bir necha marotaba chayqalsa, ogʻriq tezda yoʻqoladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//