Maktabgacha taʼlim sifatini milliy baholash tizimi ishlab chiqildi

Saqlash
20:42 / 24.04.2024 1314 0

Ilk bor Oʻzbekistonning barcha hududlarida 2023-yil 9-oktyabr kunidan boshlab MELQO xalqaro vositasi asosida maktabgacha taʼlim sifatini baholashning birinchi bosqichi boshlangan edi.

 

Unda tasodifiy tanlash usuli yordamida respublika boʻyicha 100 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti tanlab olinib, baholash va maʼlumotlarni toʻplash sertifikatlangan mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan edi.

 

Ikkinchi bosqich esa 2024-yilda boshlanib, bunda 250 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti tanlab olindi.

 

 

Maʼlumot uchun, MELQO xalqaro vositasi butun dunyoda erta yoshdagi bolalarni parvarish qilish va taʼlim sifatini oʻlchash uchun ishlatiladi.

 

MELQO xalqaro baholash vositasi ikkita moduldan iborat.

 

Birinchi modul – MODEL. Ushbu modul bola rivojlanishi va erta taʼlimni oʻyin tarzida suhbat va ota-ona bilan bolaning oilaviy muhitda qanday rivojlanishi boʻyicha intervyu shaklida oʻtkazilib, toʻgʻridan-toʻgʻri baholash orqali amalga oshiriladi.

 

Ikkinchi modul – bu, MELE. U direktor, tarbiyachi bilan qilingan suhbatlar orqali maktabgacha taʼlim tashkilotida erta taʼlim muhitining sifatini oʻlchaydi, shuningdek, tarbiyachini guruhdagi bolalarga taʼlim-tarbiya berish jarayoni davomida kuzatadi.

 

Hozirda respublikaning 14 ta hududidan 250 ta davlat bogʻchasi maktabgacha taʼlim sifatini oʻlchash bosqichi amalga oshirilmoqda.

 

 

Taʼkidlash lozim, joriy yilning 25-mart kunidan 2-aprel kuniga qadar oʻtkazilgan seminar-treninglar doirasida 90 nafar maʼlumotlarni toʻplovchi milliy ekspertlardan 60 nafari imtihon sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtdi. Ular milliy ekspertlar maqomiga ega boʻlib, 2024-yil 8-aprel kunidan boshlab maʼlumotlarni toʻplash jarayonini boshlashdi.

 

Milliy ekspertlar tarkibi 2 guruhga boʻlinadi. Ularning 40 nafari MODEL (bola rivojlanishi va erta taʼlimni oʻyin tarzida suhbat va ota-ona bilan bolaning oilaviy muhitda qanday rivojlanishi boʻyicha intervyu shaklida) va 20 nafari MELE (direktor, tarbiyachi bilan suhbatlar orqali maktabgacha taʼlim tashkilotida erta taʼlim muhitining sifatini oʻlchaydi) moduli boʻyicha shakllangan.

 

250 ta davlat bogʻchasida maʼlumotlarni toʻplash quyidagi toifalar asosida amalga oshiriladi: har bir bogʻchadan 4 nafar ota-ona, 4 nafar bola, 250 nafar direktor, 250 nafar tarbiyachi.

 

Maʼlumotlar toʻplash maxsus yaratilgan elektron ilova bilan planshetlar yordamida amalga oshiriladi.

 

 

Maʼlumot uchun, 2024-yil 22-aprel holatiga koʻra belgilangan 250 ta davlat bogʻchasining157 tasidan (62,8%), 1000 nafar ota-onaning 628 nafaridan, 1000 nafar bolaning 628 nafaridan, 250 bogʻchda direktorlarining 157 nafaridan va 250 nafar tarbiyachining 157 nafaridan iborat maʼlumotlar bazasi shakllantirildi.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//