Qozogʻistonda ishlovchilar firibgarlikdan ogohlantirilmoqda

Saqlash
17:09 / 24.04.2024 1141 0

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozogʻistonga ishlash maqsadida borayotgan va mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirmoqda.

 

Maʼlum boʻlishicha, soʻnggi vaqtlarda ishlash maqsadida Qozogʻistonga borgan yoki mehnat faoliyatini olib borayotgan Oʻzbekiston fuqarolariga oʻzini elchixona yoki konsulxona vakili sifatida tanishtirib, yurtdoshlarimizning hujjatlarini rasmiylashtirish uchun ulardan pul va pasportlarini olish holatlari kuzatilmoqda.

 

“Yurtdoshlarimizdan bunday firibgarlarga ishonmaslik va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni begonalarga bermaslikni soʻraymiz hamda ishlash yoki vaqtincha yashash ruxsatnomalarni olish uchun fuqaroning shaxsan oʻzi Aholiga xizmat koʻrsatish markazlariga (SON) murojaat etish zarurligini eslatamiz”, deyiladi xabarda.

 

Shuningdek, xabarda agar oʻzini “diplomatik vakolatxona xodimiman” deb tanishtirgan shaxslarga duch kelinsa, Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalariga (Ostona shahrida: +8 (7172) 95-45-87, Olmaota shahrida: +8 (727) 390-26-16, Aqtau shahrida: +8 (729) 277-71-17) murojaat qilishni zarurligi aytiladi.

 

Bundan tashqari, Qozogʻiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (tel: 115) va Qozogʻiston Respublikasi politsiyasiga (tel: 102) ham mazkur masala boʻyicha bogʻlanish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//