Jamiyat
Qashqadaryo viloyatida 102 yoshli otaxonga tugʻilganligi haqida guvohnoma berildi.
Islom ota Berdimurodov Qarshi tumanidagi “Koʻchkak” mahallasida yashaydi. U 8 nafar farzandning otasi hamda 30 nafardan ortiq nabiraning bobosi hisoblanadi.
“Biz yashagan zamonlar oddiy davrlar edi. Oddiy dehqon boʻlganman. Umrimning yarmi paxta dalasida oʻtgan. Mana, bugungi zamonga kelib hamma joylarda hujjat soʻrashyapti”, — degan otaxon suhbat davomida.
Xabarga koʻra, otaxonning oʻgʻillari FHDY boʻlimiga murojaat qilgandan.
Shundan soʻng Qarshi tuman FHDY boʻlimi tomonidan kerakli hujjatlar tayyorlanib, Islom ota Berdimurodovga 102 yil kechikib kelgan hujjat tantanali ravishda rasmiylashtirib, sayyor tartibda fuqaroning yashash xonadoniga yetkazilib berilgan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
112431
Jamiyat
95091
Jamiyat
91310
Jamiyat
76009
Jamiyat
//
Izoh yo‘q