Tanzila Narbayeva Devid Kemeron bilan uchrashdi

Saqlash
14:15 / 24.04.2024 904 0

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva 23-aprel kuni Buyuk Britaniya tashqi ishlar, hamdoʻstlik va taraqqiyot masalalari boʻyicha davlat kotibi Devid Kemeronni qabul qildi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya siyosiy-diplomatik muloqotini kengaytirish, shuningdek, xalqaro maydonda konstruktiv hamkorlikni davom ettirish, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar munosabatlarni mustahkamlash, parlament aloqalarini faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

 

Muloqot chogʻida keyingi yillarda mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlar yuqori darajaga koʻtarilgani alohida taʼkidlandi.

 

Suhbat davomida yashil iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida qoʻshma loyihalarni yoʻlga qoʻyish, iqlim oʻzgarishi oqibatlariga qarshi kurashda oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish muhimligi qayd etildi.

 

Bundan tashqari, taʼlim va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish ustuvor yoʻnalish sifatida qayd etildi. Oliy taʼlimda zamonaviy sohalar boʻyicha malakali mutaxassislarni tayyorlash, ingliz tilida oʻqitiladigan taʼlim dasturlarini kengaytirishning amaliy jihatlari koʻrib chiqildi.

 

Devid Kemeron Oʻzbekistonda inson huquqlarini taʼminlash, xususan, munosib mehnat tamoyillarini joriy etish, gender tenglikka erishish, oilaviy zoʻravonlikka qarshi kurashish borasida ijobiy ishlar amalga oshirilayotganini alohida qayd etdi.

 

“Uchrashuv jarayonida keyingi yillarda parlamentlararo hamkorlik sezilarli darajada faollashgani eʼtirof etildi. Tomonlar bu borada oʻzaro muloqotni yanada kengaytirish boʻyicha fikr almashdilar”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//