Qariyb 1 soatda 24 mingta Damas sotildi

Saqlash
16:15 / 23.04.2024 1078 0

Puli toʻlanmagan Damas uchun tuzilgan shartnomalar bekor qilinishi haqida xabar berilgan edi. Uzauto Motors ochilgan oʻrinlar qayta ONLAYN navbatga qoʻyilib, bugun, 23-aprel kuni, soat 10:00dan boshlab kontraktatsiya qilinishini maʼlum qilgan edi.

 

Endilikda kompaniyaning maʼlum qilishicha, oradan hali toʻliq 1 soat oʻtmasdan 24 mingta Damas uchun qaytadan shartnoma tuzilib ulgurdi.

 

 

Eng qizigʻi, soat roppa-rosa 10:30 da, yaʼni yarim soat ichida 19 mingta Damas ONLAYN sotilib ketgan.

 

 

Maʼlum boʻlishicha, tuzilgan shartnomalarning 98.8 foizi One ID tizimida roʻyxatdan oʻtgan va 1 tadan koʻp boʻlmagan avtomobil uchun shartnoma tuzgan jismoniy shaxslarga toʻgʻri keladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//